ASAC 2022 – Oltoy hamjamiyatlari xalqaro simpoziyumi-X (Birinchi eʼlon)

Hurmatli hamkasblar!

Sizga 2022-yil 27-30-sentabr kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Oltoy hamjamiyatlari xalqaro simpoziyumi-X: Oziq-ovqat va ovqatlanish madaniyati mavzusida o‘tkazilishini mamnuniyat bilan maʼlum qilamiz.

“Oltoy hamjamiyati simpoziyumi” nomi bilan anʼanaviy tarzda tashkil etilib kelinayotgan navbatdagi anjuman Oltoy xalqlari va jamiyatlarinin goziq-ovqat va ovqatlanish madaniyatiga bagʻishlangan. Simpoziyum doirasiga tarixiy va keyingi davrlardagi manbalar (arxeologik topilmalar, toshs uratlari, yozma va ogʻzaki manbalar) va ushbu manbalardan olingan ma’lumotlar; oziq-ovqat va uning tarixiy rivojlanishidagi ovchilik davri, yovvoyi oʻsimliklar, o‘simliklarni xonakilashtirish va ulardan foydalanish; taom, oziq-ovqat va ovqatlanish bilan bog‘liq terminlar va ularning etimologiyasi; ovqat tayyorlash, pishirish va ularni saqlash usullari, mazkur usullarning rivojlanishi; ichimliklar (qimiz, qatiq, ayron va qimron); hoqon, hukmdor va h.k.larning tanovul chogʻida mavqe va ulush anʼanalari; din, eʼtiqod va maxsus kunlar (tugʻilgan kun, unashtiruv, nikoh, oʻlim va muqaddas kunlar) bilan bog‘liq marosimlarda taom va ovqatlanish madaniyati kabi mavzular kiradi.

Mazkur simpoziyumning maqsadi – tarixiy davrlardan bugunga qadar davom etib kelayotgan taomlar va ovqatlanish madaniyatini qiyoslash asnosida Oltoy xalqlari sivilizatsiyasi, qadriyatlari va shaxsiyatlarining shakllanishidagi oʻrnini oʻrganish hisoblanadi.

Belgilangan mazkur mavzular doirasida simpoziyum muhokama sessiyalari va sho‘’balari shakllantiriladi.

Simpoziyumga yuboriladigan maqolalar tashkiliy qo’mita tomonidan koʻrib chiqilgandan keyin mavzu va sho‘’balarga asosan dasturga kiritiladi.

Har bir sho‘’ba rais va 3 yoki 4 nafar sho‘’ba a’zosi guruhidan tashkil topadi. Sho‘’ba raisi sho‘’ba a’zolarining fikr va mulohazalarini ifodalash va muhokama uchun reglament belgilashga mas’ul hisoblanadi.

Simpoziyum uchun taqdim etiladigan maqola abstraktlari 300 so‘zdan oshmasligi kerak. Sho‘’balardagi har bir ma’ruza uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.

Simpoziyumga 100ga yaqin maqolaning qabul qilinishi rejalashtirilmoqda. Simpoziyumga yangiligi bo‘lgan, tadqiq etilmagan hamda ilmiy jamoatchilikda qiziqish uyg‘ota oladigan mavzulardagi maqolalar tanlab olinadi. Simpoziyumning yuqori darajada o’tishini ta’minlash maqsadida maqola abstraktlari tashkiliy qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi. Qabul qilingan yoki qilinmagan maqolalar tegishli shaxslarga ma’lum qilinadi. Maqolalar sonini tasarruf etish vakolati tashkiliy qo’mitaga tegishlidir.

Simpoziyum taqvimi:
Maqola abstraktlarining yuborilishi: 15-mart 2022-yil.
Maqola mualliflari ilovada keltirilgan ro‘yxatga olish shaklini to’ldirishlari va 300 so‘zdan ko‘p bo‘lmagan maqola abstraktini yuborishlari kerak.
Qabul qilingan maqola abstraktlarining e’loni: 1-may 2022-yil.
Maqola tillari: Oltoy tillari, ingliz tili, fransuz tili, nemis tili va rus tili.

Simpoziyumda ma’ruza bilan ishtirok etuvchilar samolyot va mehmonxona harajatlarini o‘zlari qoplaydilar. Anjuman qatnashchilari o‘z hisoblaridan tashkiliy qo‘mita tomonidan taklif qilinadigan yoki o‘zlari xohlagan mehmonxonalardan birida qolishlari mumkin.
Hurmat bilan,

Tashkiliy qo‘mita

Prof. Dr. Gulchehra Rixsiyeva

Prof. Dr. İlhan Shahin

*Ro‘yxatdan o‘tish shaklini va maqola abstraktini quyidagi manzilga yuboring:

E-mail: altaycommunities@gmail.com
Website: http://altaycommunities.com

Bir cevap yazın

E-posta hesabınız yayımlanmayacak.